Qarshi shahar, Islom Karimov ko'chasi 44 uy 3-qavat

+998 (75) 227-12-83

Ishonch raqamlari

+998 (75) 227-12-83

Ish vaqti

Du-Sh: 9:00- 18:00 Yak: Dam olish

Onlayn qabul

Qabulga onlayn yozilish

Ishonch raqamlari

+998 (75) 227-12-83

Ish vaqti

Du-Sh: 9:00- 18:00 Yak: Dam olish

Onlayn qabul

Qabulga onlayn yozilish

Tishlarni qanday parvarish qilish kerak?

Tishlarni parvarish qilish uchun tish cho’tkasi, poroshogi, pastasi, shuningdek og’izni chayishga mo’ljallangan maxsus dorilardan foydalaniladi. Tishni yumshoq cho’tka bilan yuvgan ma’qul. Xar bir kishining shaxsiy tish cho’tkasi bo’lishi va uni maxsus g’ilofda saqlash shart. Tishni tozalab bo’lgandan so’ng cho’tkani iliq suv bilan yuvib , sovunlab qo’yiladi .Tishni tozalashdan oldin cho’tka sovuni yuvib tashlanadi . Poroshok bilan yuvganda tish yaxshi tozalanadi . Davolash maqsadida ayrim poroshoklarga kalsiy  glitserofosfat (djemjug) , 2% li natriybikorbonat qo’shiladi; tish chirishi va Tish toshidan aziyat chekadigan kishilarga anashu poroshoklardan foydalanish buyuriladi.

Tish pastalari  ham tozalash hususiyatiga ega , , < Jemjug> va boshqalar davolash  hamda profilaktik xususiyatga ega bo’lib , ular yumshoq karashni eritadi, milkdagi yallig’lanishni kamaytiradi va og’izdagi badbo’y hidni yo’qotadi. Hozirda tarkibida ftor bo’lgan pastalar  chiqarilmoqda , ularni vrach maslahati bilan ishlatish kerak. Bazi pastalarning chirishga qarshi profilaktik ta’siri bo’lishiga qaramay , og’iz bo’shlig’I shilliq qavatini qitiqlaydi, milkning ko’p qonashiga sabab bo’ladi , shuning uchun bu pastalarni vrach maslahatisiz qo’llash tavsiya etilmaydi.

Tish eliksiri xushbo’ylashtirish hususiyatiga ega; IDEAL , Limonniy, eliksirlari shular jumlasidandir. Og’iz bo’shlig’ini sog’lom saqlash vositalari qo’llanganda shilliq qavati yallig’lansa yoki tishning sezuvchanligi oshib ketsa , stomatologga murojaat qilish zarur.

Tish tozalaganda milkni avylash kerak. Cho’tkaning xarakati tishni tamoman tozalay oladigan bo’lishi lozim. Tishning lab, lo’nj, til va tanglay yuzalari vertical yo’nalishda, chaynov yuzalari esa aylanma xarakat qildirib tozalanadi, tozalab bo’lgandan so’ng og’iz chayiladi. Tishni ertalab pasta yyyoki poroshok bilan , kechqurun esa pastasiz tozalash kerak. Uyquga yotishdan oldin og’iz suv bilan chayiladi .

Bolalarni 2-3 yasharligidan tishlarni parvarish qilishga o’rgata boorish kerak. Tishni o’tkir narsalar bilan tozalash mumkin emas ; yog’och yoki plastmassa tish kovlagichlardan foyda lanish tavsiya etiladi.

Tishni va og’iz bo’sjlig’ini tog’ri parvarish qilish Tish kasalliklarini oldini olish va o’z vaqtida davolash imkonini beradi; yilda 2 marta STOMATOLOG vrachga korinib , u tavsiya etgan turli profilaktik chora va davoni bekamuko’st bajarish tish holatini yaxshi saqlashda muxum rol o’ynaydi.